Abituriyentlikdan talabalik sari, yohud, "kumush" davrning "oltin" davrga aylanishi.



Hozirgi kunda ba'zi yoshlar va ayrim katta yoshli kishilar ham o'qishga kirish, oliy ma'lumotli bo'lish uchun o'zini(aniqrog'i - cho'ntagini) ayamasdan har qanday usullar qo'llamoqda. Ertaga qanday kasb egasi bo'lishning qizig'i yo'q-dek, go'yo  -  "- Oliy bo'lsam bo'ldi" qabilida ish tutish ommaviy tus olmoqda.


Bu yo'lda "taktikalar" o'ylab topadigan "puldor abituriyentlar" ni aytmaysizmi. Nima emish: "- O'qib nima qilasan? Ana falonchi ona qornidan kitob bilan tushganday, boshini ko'tarmay o'qirdi. Hali ham kirolmadi. O'qib nima qilasan . . . puling bormi? "tangkang" bormi? kirasan" - kirasan! Kirib qayergachayam borasan?! Nari borsa diplomingni qo'lingga olarsan, o'zing emas, o'sha "tangkang" orqali. 



Bir paytlar o'zbek kinosi bo'lar edi -  "Tank" degan, Shu deyman bu "Tank" taktikasi o'zbek mafkurasiga azaldan singib kelganmi deyman-da! Bilmadim, bunga sabab nima ekan - balki ochko'zlig-u, korrupsiya avj olgani sababdir?! Mayli siyosatni o'z egalariga qoyib beraylik . Bir paytlar bir faylasuf darajasiga yetgan insonni "Siyosatga aralashma - tinch uxlaysan" degan gapini o'qib qolgandim. Shunga amal qilganimiz ma'quldir. Balki aralashib bo'lgandirmiz, 



Biz buyuk davlat qurmoqchimiz va shu yo'ldamiz. Bu maqsadimizning asosiy yumushlari biz yoshlarga yuklangan. Buning uchun o'zimizga ishonch, yetarli darajada bilim va hayotiy tajribaga ega bo'lishimiz kerak deb o'ylayman. Qiziq, bu yumushni "Tank"lari soyasida yuradigan, uzr-u boshidagi aqlidan egnidagi kiymi qimmat qovoqboshlarga ishonib topshirishdan nima naf ekan?!



Bunday insonlar ham kerak davlatga. Axir, davlatga chorva yetaklaydigan cho'pon, yerini chopadigan mardikor ham kerak-ku. Bu gapim bilan chorvador-u, dehqonlarimizni "g'irt omi insonlar" deyish hayolidan yiroqdaman. Unaqa "qovoqkalla"larni qo'liga cho'p, ketmon berib mehnatga jalb qilgan ma'qul, o'shanda jamiyatga foydasi tegardi. 



Nega davlatimizda bunaqa yoshlar sezilarli ko'paygan?! Chunki ular o'zlariga ishonishmaydi. Ularda yoshlikdan ishonch singdirilmagan bo'ladi. Ishonch hech qayerda, hech qanday ta'lim - bog'cha, maktab, kollej va undan yuqori tizimlarda ham o'rgatilmaydi. Qarabsizki yoshi o'ttizga borganda ham o'sha "qovoqbosh" ligicha qoladi. Aytingchi - bunday insondan qanday jamiyatda foyda ko'rish mumkin?! 



Shu o'rinda  "Ishonchni qayerdan olish kerak?", "Nega ta'lim tizimlarida "o'zida ishonch uyg'otish"  soatlari tashkil etilmaydi?" - kabi savollar tug'iladi. Chunki ta'lim tizimlaridagi o'qituvchilarning ham o'zida ishonch bo'lmaydi (ayrimlarini hisobga olmaganda). O'zida bo'lmagan ishonchni boshqaga qanday bersin?! Haya! Boya gapimiz chala qolgandi - mutahasisligini anglmagan holda "-Oliy bo'lsam bo'ldi" deguvchilar, negadir aynan shu ta'lim tizimlarida ko'p yig'ilib qolishgan. Osongina ishlab ham ketaverishadi-yey! Albatta-da, ishonchi yo'q o'quvchini boshqarishdan oson ish borekanmi!?! Cho'pon yetaklagan qo'y kabi - navqiron yillari "saxro kezish" bilan o'tadi. Qarabsizki, ta'lim tizimlari, o'ziga oxshagan "ishonch tanqisligi sindiromi" ga chalingan manqurtlarni "ishlab chiqarishadi". Hozir virtuallik zamonning zo'ri bilan har qadamda, o'ziga bo'lgan ishonchni uyg'otish mazmunidagi maqolalar-u, post'larni uchratish mumkin. Bular albatta yaxshi. Lekin bularni o'zlashtirishdan oldin - anuvi ishonchsizlar "mahsulotini" ishlab chiqaruvchi korxonada islohatlar olib borilsa, nur ustiga a'lo nur bo'lardi, nazarimda.



Abituriyentlikdan talabalikka sakrashning "Tank" cha usulini gapirib o'ttik. Qarang-a, yana bitta ajoyib usul qolib ketibdi - "Ligotafurushlar". Bu usul "Tank"cha usulning salbiy oqibatlaridan ham ko'proq talofat yetkazishi mumkin. Bu "usul" jamiyat havfsizligiga ham to'g'ridan to'g'ri putur yetkazishi mumkin. Qanday deysizmi? Juda oddiy - biz yuqorida takidlab o'tgan ishonchi yo'q abituriyentlarimiz ajoyib, ayyorona yo'lga o'tib olishgan. Abituriyent tayyorgarlik ko'radi, imkon darajasida, albatta. O'sha o'n yil o'qib o'rganmagan narsasini o'n oyda uddalashga urinadi. Vaqti kelib imtihon topshiradi, kam ball oladi va yiqiladi. Mandatni ertasi kuni qo'lda telefon, cho'ntagda qirq marta qatlangan pasport nusxasi-yu, mahalla ma'lumotnomasi bilan - "-Men armiyaga boraman" degan gapni chala yarim aytib, "hujjat taxlagani" ko'chaga ketadi.



Sal kam yarim yil elakdan o'tadi. O'tolmay qolganda ham gap tayyor - "-Keyingi yil aniq boraman" qiziq, qiyshiq oyog'ing keyingi yil to'g'ri bo'lib qolarmidi?! Jilmayishga shoshilmay turing - axrir "Tank" faqat o'qishga kirish-u, uni chalasavot tugatish uchungina emas, mana shu yerlarda ham as qotadi. Keyingi yil aylanib kelib "Tank" taktikamiz ish berdi, hozir ko'plab yuragida o'ti bor, vatanga fidoiy yoshlar orzu qiladigan "Askar" degan nomni oqlashdek baxtga muyassar bo'ldik deylik. Keyinchi? Bir yil yuz yildek o'tadi ularga, negaki ularda bu kasbga, yumushga mehr yo'q. Maqsad o'sha - aqli kaltalik qilib to'plolmagan balni, bir yil sabr qilib olish. Bir tanishimdan "Xizmatga ketish tekshiruvlarida qanday savollar beriladi" deganimda "-Birinchi beradigan savoli: Xizmatga borishdan maqsading nima deb so'rashadi" degandi. Bu savolning to'g'ri javobi sizning hayolingizga ham kelgandir?! Ha, bu savolning javobi: "Vatanga xizmat qilish uchun" degan jumla edi. Qiziq, o'sha o'zida ishonchi yo'q, xizmatga "ligota" uchun yo'l olgan abituriyentlar ham bu savolga shunday javob berisharmikan? Albatta shunaqa javob berishadi, aks holda o'sha "ligota"dan quruq qoladi-da. Keyin o'nta "Tank"ni ishga solib ham xizmatga ketolmaydi. Bezbetlarcha "Xizmatga borishimdan maqsad - vatanimga xizmat qilish, kerak bo'lsa jonni fido qilish" degan "paxtani qoyadi". Tilda boshqa gap, dilda boshqa hayol. Endi aytingchi - bunday ishonchsiz askar davlat chegaralari daxlsizligini qanday ta'minlashi mumkin? Ertaga hudo ko'rsatmasin yov bilan duch kelganda nima qiladi, buni kim biladi? . . . men bilaman - qurolni yov qo'liga sekin tutqazadi-da, o'zi onajonisi qo'yniga chopadi.


Men  - sadoqat bilan vatanga xizmat qilgan va davlatimiz shu xizmatlarini mukofotlab, o'sha imtiyozni taqdim etgan askarlarimizni qoralamoqchi emasman. O'zbekona aytganda  "Bundaylarga halol". Bundaylar oliygohlarda o'qisa yarashadi. A men yuqorida takidlab o'tganlar bilan bularni orasida ancha farq bor.



O'ziga Ishongan, sabrli yetuk kadrlar kerak, bizning davlatimizga. Ana shunda buyuk davlatimiz poydevorlari mustahkam bo'ladi.

  Yuqoridagi gaplarimga qarshi chiqib  "-O'zbekistonda oliygohlar kam, abituriyentlar ko'p. Shunaqa "usullar"ni qo'llamasa, o'qishga kirishni iloji yo'q. Bolalar nima qilsin? Ularni ham o'qigisi keladi. Kastyum-shim kiyib, galstuk taqqisi keladi." - deguvchilar son mingta topiladi. Ularga aytajak gapim: Oliygohlar faqat bilimli, o'ziga ishongan talabalarga muxtoj. U yerga bilim darajasi meyoriga yetgan abituriyentlar talabalikka haqli. Abituriyent yiqildimi, bilim darajani yana oshirish kerak. Bu yo'lda iroda va o'ziga ishonch ham sinaladi. Sabr qilgan abituriyent talabalik baxtiga musharraf bo'ladi. Bu "sinov" dan o'tolmadimi? Demak u davlat siyosati-yu, ijtimoiy tizimlarida bosh-qosh bo'lishga yaramaydi. U kerakli darajada kuchli shaxs emas. Undan talab etiladigani jamiyatga zarar yetkazmagan holda, tirikchilik qilish. Tirikchilik usullari siz-u, menga yaxshi ayon. Buni sanab o'tishim shart emas!

  • P/S: Bu postning hali davomi bor. Bu mavzuda hali ko'p va ho'p yozish mumkin. Buning uchun vaqt va imkoniyat yetarli, faqat hohish bo'lsa bas. Sizda ham qo'shimchalar bo'lsa, kutib qolaman.

Комментарии

Популярные сообщения из этого блога

Ko'ngil daftari: Sizning yomg'iringiz bormi?

Hayot falsafasi.