Hayot falsafasi.



   Hayot - bu tushuncha haqida ba'zida nima yozish-u, nimani yozmaslikka ham ikkilanib qolasan, kishi! Millionlab insonlar tomonidan ta'riflashga arzirmikan, bu tushuncha? Yoki, biz bu jumlani ta'riflashga loyiqmizmi? Bilmadim . . . Bilganim shuki - hozirgacha davom etayotgan ta'riflar, barcha-barchasi tahminiy, hayoliy gaplar. Hamma o'z bilganicha, o'z dunyo qarashi doirasida ta'riflashga harakat qiladi. Yozilganlarning mazmuni xalqchil bo'lsa to'g'ri tushuncha sifatida qabul qilinib, yillar davomida bu satrlarni qadrlanib, ommaga uqtirib kelinadi. Agarda hayot haqidagi ta'rif noodatiy tarzda ifodalangan bo'lsa bu satrlar axlatga uloqtiriladi. Eng achinarlisi muallifni ahmoqqa chiqarishadi. Nega? Chunki inson noma'lumlikdan hayiqadi. U yerda o'zini himoyasiz sezadi. Uning uchun eng yaxshi himoya - mavhumlikdan uzoqlashish. Natijada, noodatiy, aqli yetmagan fikrlar qoralanib, aql doirasi darajasidagi gaplar ma'qullanadi.

Ba'zida, biz aniqlashga urinadigan haqiqatlar noodatiy va takrorlanmas bo'lib chiqadi. Haligacha hayot haqiqatini anglab ulgurmaganimiz sababi - noodatiy, aqlimiz yetmagan, xalqqa "yopishmaydigan" fikrlarni, fikr egalarini zulmat qariqa uloqtirib kelayotganimizdir, balki.

  Galgi maqola(cha)mni yozishdan maqsad ayb va aybdorni oshkor qilish emas, hayot haqida idrok darajamda gapirish.

   Atrofda ubu kimdan "Siz hayotni qanday tasavvur qilasiz?" - deb so'ralganda, hamma o'z bilganicha, hayolatiga sho'ng'igan holda ta'riflay ketadi. U to'g'rimi, noto'g'rimi bu ahamiyatsiz. Shunisi aniqki, hayotni ta'riflayotgan har bir inson o'zi bilmagan holda harakteri, ichki kechinmalarini ham oshkor qiladi. Chunki ta'riflovchi har bir inson, hayotni o'z kechinmalaridan kelib chiqib tasvirlaydi. Kimdir undan norozi, kimdir hayratda, yana kimdir juda mamnun. Kun kechinmalarida katta muammolarga duch kelib, ko'z-yosh to'kib o'tirgan insondan, hayot haqida so'rab qolsangiz bormi?! Bor nafratini unga sochadi, uni ayblaydi. Nega? Chunki inson biror bir baxtsizlikka duch kelganda, uning sababini boshqa bir shaxs yoki narsadan izlashga o'rganib qolgan, yo'q shunaqa yaralgan, desam to'g'riroq bo'ladi. Irodasidan ko'ra o'zini himoyalash instingkti ustunroq keladi.

   Endi hayot haqidagi tushunchani, juda baxtli insondan so'rab ko'ring-a, uni ta'riflaridan bol tomadi! U uchun undanda go'zal "hilqat" yo'q. Ko'ryapsizmi, fiklar qanchalik hilma xil?! Qay birini ma'qullashni ham bilmaysan, kishi. Nima ham derdik, hamma o'zicha haq! Minbarning eng balantida turgan inson gapirgan gaplargina barchaga eshitilishi mumkin. Minbar tagida turib gapirgan gaping, 3,4 inson qulog'iga yetib boradi, xolos.

   Hayot - adolatsizlik, nafrat, baxt, mo'jizalarga boy. Hayot do'koni rastalarida bular bisyor. Yoshing ulg'aygan sayin, bu mahsulotlardan birin-ketin totib ko'rar ekansan, kishi. Mahsulot tugab qolganda, vaqt o'tib yana bir furgon keladi. Uni ichi to'la mahsulotlar. Unda nimalar borligini vaqt o'tib, rastalarga tahlanganda bilasan.

   Men yigirma yoshga to'lganimda, hayot sinovlaridan o'tib bo'ldim deb o'ylagandim. Endi bilsam bu yigirma yillik kechinmalar shunchaki chigal yozdi mashg'ulotlar ekan☺! To'g'ri bu mashg'ulotda ko'p tajriba ortiriladi. Lekin asosiy "kurash" oldinda. Bunda yigirma yillik mehnat mahsuli o'z aksini topadi, qisman.

   Nima deysiz, hayot shunchalik murakkabmikan?! Yoki, bu murakkablikni o'zimiz shakllantiramizmi? Yo hayot mazmuni shundan iboratmi? Hayotda mazmun nega kerak, aslida? . . . ???
Savollar ko'p, javob bitta - " - Bilmayman". To'g'riyam-da! Bilganimiz bilan nima ham o'zgarardi?!


   Hayot haqida gapirsam, hayollar, fikrlar ko'p. Faqat uni ifodalash qiyin. Yuqorida, hayotni hamma o'z fikricha ta'riflaydi dedik. Keling, men ham hayotni nimaga oxshatishimni oshkor etay! Mening nazdimda hayot - bu bir taom. U taomda har bir mahsulotning o'rni bo'lakcha. Har biri muhim ahamiyatga ega. Taomni tayyorlashda juda extiyot bo'lishimiz kerak, extiyotsizlik qilib tuzni ko'p solib yuborsak, taom yoqimsiz va iste'molga yaroqsiz bo'lib qoladi. Bu taomni iste'mol qilsak ham bo'ladi, lekin bu sog'lig'imiz uchun zararli. Agarda tuzni kam solsak taom bemaza bo'lib qoladi. Va taomni ishtaha bilan yeyolmaymiz. Demoqchimanki, hayotda har qanaqa vaziyatlarning o'rni bor. Har qanaqasi kerak, bu hayotda. Aks holda u zerikarli bo'lib qolardi. Keling, buni isbotini bir necha misollarda ko'rib chiqamiz: qadrlash tuyg'usi - hech bir narsa yoki hodisaning yomonini totib ko'rmagunimizcha uning yaxshisi mavjudligini anglamaymiz va qadrlamaymiz. Badavladlikni, qashshoqlikni his qilmagunimizcha anglamaymiz. Xunuk insonni ko'rmaganimizda, chiroylisi mavjudligini bilmas edik. O'limni his qilmaganimizda va unga duch kelmaganimizda, hayotning, yashashning qadriga yetmagan bo'lar edik.

   Sharq xalqlari dunyoqarashida hayot haqida bir tushuncha shakllangan. Unga ko'ra hayot bir binodirki asosi bilan mustahkam, bezagi bilan fayzli. Asos bo'lmish bino agar bezaklari, gullari bo'lmasa o'z holicha fayzsiz, shukuhsiz bo'lgani kabi, gul-u bezaklar ham yolg'iz ma'nosizdir. Binoning asosini tashkil etuvchi - bu erkak zoti bo'lsa, gullari ayol zotidir. Shu sababdan xoh u g'isht yaratgan usta bo'lsin yoki gul ekib, bezak bergan bo'lsin hayot binosiga o'z munosib hissasini qo'shganlar qadrlanadi va sharaflanadi. Zarar keltiradigan sifatsiz g'isht yoki gul-bezak yaratganlar qoralanadi.

Xulosa:

O'g'il yoki qiz bo'lishimizdan qat'iy nazar, biz xudodan keyingi yaratuvchimiz!  Biz bunyotkormiz va  albatta mehnatimiz sifati va samarasi natijasiga ko'ra o'z mukofotimiz yoki jazoimizni olajakmiz!

Комментарии

Популярные сообщения из этого блога

Ko'ngil daftari: Sizning yomg'iringiz bormi?

Abituriyentlikdan talabalik sari, yohud, "kumush" davrning "oltin" davrga aylanishi.