"Katta yeyish" maqsadida "kichik yeyayotganlar"
- Kelar inson asli "yemoq" uchun bu dunyoga.Gar bo'lmasa qul bo'larmidi "nafs" degan baloga!?!
Azaldan tillarda doston bo'lgan savol - "Yashash uchun yeysanmi? Yeyish uchun yashaysanmi?". Shu savolni eshitsam, qulog'im ostida yana bir shunga oxshash savol yangraydi - "Birinchi tuxum paydo bo'lganmi, yo tovuq?". Bu savolni "biologshunos" faylasuflarga qoyib beraylikda, yuqoridagi savolga o'taylik. Keling bugun shu savolga javob izlasak . . . aniqrog'i, men sizlarga shu savolni o'z fikrim bilan javoblasam.
Savolga tub mohiyatan emas, reallikdan sal yiroqlagan holda fikrlab, ma'joziy yondashsak. Bu savolda "yeyish" ni faqat asl holda - qorin to'yg'azish emas, ruhiy muxtojlikni qondirish ma'nosida ham qaraylik(aslida ham shunday darajada berilgan savol).
" -Sherzod! Sen bu dunyoda yashash uchun yeysanmi, yoki yeyish uchun yashaysanmi?
-Men bu dunyoda yeyish uchun yashayman."
Ha mening javobim shunaqa. Hayron bo'lmang. Siz ham shunaqasiz, aslida! "Yo'q, men yashash uchun yeyman" deb e'tiroz bildirayotgandirsiz?!. Bu o'zingizni ovutish va vijdonli ko'rsatish.
Dunyoga kelibmizki, ota-onalarimiz bizni ko'z qorachig'idek asrashga urinishadi va buni uddalashadi. Chunki ular otamiz, onamiz. Orzular bilan tarbiyalashadi. "Katta odam" bo'lsin deb niyatlar qiladi. "Katta odam" deganda o'sib ulg'ayib, yaxshi joylarda o'qib, katta joylarda ishlashni nazarda tutsa kerak-da. Mana shu ondayoq ota-onalarimiz tomonidan yeyish uchun yashash "tamoyili" bizning miyamizga singdirib borilmasmikan?!
Sir emas - biz o'qib, katta joyda ishlab, yoki biznes qilib "katta yeyish" ga "katta kiyish" ga(ba'zida katta gapirishga ham) harakat qilamiz. Dang'illama uylar qurish hayollarida yuramiz(ba'zi Robinzo Kruzosifatlarni hisobga olmaganda). To'g'ri - bular turmush tarzini yaxshilash uchun qilinadigan sayharakatlar, bunga e'tiroz yo'q! Lekin ba'zilarning, shu narsalarga erishish yo'lida umrlari o'tib ketadi. Bu yeyish uchun yashashmasmi, sizningcha?!
Aslida, bizning hayot tarzimizni yaxshilash yo'lidagi harakatlarimiz - "yeyish uchun yashash" dek tuyulmayaptimi sizga?! Hayot qaynagan ko'cha-ko'ydagi odamlarning uyog'dan buyoqqa sargardon yurishlari, o'sha farzandlarini, o'zini qornini to'yg'azish maqsadida yurganlarning hayoti "yemoq uchun yashash" qonuniga mos kelmayaptimi, sizning nazdizda?!
Men hech ikkilanmay buni tasdiqlardim - insonlar yeyish uchun yashamoqda!
Ha insonlar "katta" yeyish uchun "kichik" yeb yuribdilar. Qiziq, umr o'tgandan keyin katta yeyishni kimga qizig'i bor ekan? Dono, bolajon xalqim bu savolga ham javob topishadi - "-Bizga nasb qilmasa, bolalarimiz rohatini ko'rsin!" Vaqt, umr o'tmoqda, o'zingiz uchun ham yashang, azizlar!

Комментарии
Отправить комментарий