Sizningcha "Baxt" nima?





"Baxt" - 4 harf jam bo'lib, yashash mazmunini tashkil qilgan. Shu to'rt harf jamlanmasida butun bir yaxshilik, mehrlar dunyosi aks etgan. Siz baxtni qanday tasavvur qilasiz? Ko'p-ko'p pul, yaxshi ishmi? Ideal sharoit yoki shohona nonushtami? Dunyoning ko'zga ko'ringan davlatlarida, plyajlarida dam olish yoki Marsdan yer sotib olishmi?  . . .

    Men baxtni quyidagicha tasavvur qilaman: Baxt - bu erkinlik, toza havodan yengil, to'yib-to'yib  nafas olish. Baxt - fikrlash qobilyati va uni ifodalash imkoni. Baxt - sovuqda qulay va issiq ust boshing bo'lishi. Baxt - bu saratonda ko'chada ketayotganingda sersoya daraxt uchrashi va uning ostida miriqib dam olish. Baxt - bu . . .

Bazida ko'chada yo hiyobonda yurganimizda biron bir juftlikni bir tomonga qarab tupurib o'tirganini ko'ramiz. Bu kulguli holat-a? Bu bizga kulguli yoki madaniyatsizlikday tuyulishi mumkin, bu tabiiy hol albatta. Chunki biz shunchalar hayotda reallashib ketganimizdan, baxt aslida nima ekanini ham esdan chiqarib yuborganmiz. O'zimizga shunchalar ko'p cheklovlar qoyib tashaganimizki, natijada bir qolibga tushib qolganmiz - etika qolibiga. Atrofdagi "ko'zlar", "quloqlar"dan shunchalar hayiqamizki, erkin harakat-u, gapirishlarda ham o'zimizga cheklovlar qoyib tashlaganmiz. Bu cheklovlar odamlarga nega kerak? Bu cheklovlarni buzsa nima bo'ladi? Bu savolga javob tayyor - har xil harakat, gapirishlar atrofimizdagilarga yoqmasligi, bachkanadek tuyulishi mumkin. U men haqimda salbiy xulosa chiqarishi mumkin. 

  Cheklovlarga shunchalik katta e'tibor berganimizdan, hatto o'zimizga yoqmaydiga libosni ham kiyishdan bosh tortmaymiz. Ko'cha ko'yda antiqa, biz uchun bachkanadek tuyuladigan, "shalviragan" kiyimlarni kiygan odamni ko'rsak, uni ustidan kulamiz, tanqid qilamiz. Yo'q bu didsizlik emas, bu erkinlik. U inson o'z miyasidagi cheklovlardan xalos inson. U uchun atrofdagilarning gapi emas, o'z tanasini erkin tutishi muhim. 

Biz yuqorida, uzoqqa qarab tupurib o'tirgan juftlik haqida gapirgandik. Balki ular biz uchun axmoqdek tuyulishi mumkin. Aslida unday emas - ular bizdanda aqlliroq. Chunki ular asl baxt nimada ekanligini bilishadi. Bir zum toxtab ularga zimdan nazar soling, ular xursand. Ular butunlay erkin. Ular tabassum qilmoqda. Ular "kim uzoqqa tupurish" o'yinini o'ynashyapti.:-) Ular bir-biridan uyalishmaydi. Chunki ular bir-birini  sevadi. O'yin o'ynash yosh bolalar uchun-ku dersiz. Yo'q asl baxt manashunaqa damlarni his qila bilishda.

Bu bilan - har yoqqa tupurib yurish kerak demoqchimasman. Shunchaki baxtning asl ko'rinishlaridan birini misol qilib keltirdim xolos! Bazida bularni anglamaymiz.






Yosh bolalarni o'ynab yurganini hech kuzatganmisiz? Ular asl baxtni o'zlari anglamagan holda his qilishadi.

 Ular ulg'aygan sari o'zlariga cheklovlar qoya boshlaydi. Jamiyat "qafasiga" yo'l oladi. Vujudi erkinlikni unutadi. Qamaldagi tana turli xil kasallikka yo'liqa boshlaydi. Hovuch-hovuch dorilar ichadi. Bazida bu dorilar foyda ham bermaydi. Hech e'tibor berganmisiz, ruhiy kasalliklarga ko'proq(faqat desak ham xato bo'lmasa kerak) katta yoshli insonlar chalinishadi. Chunki ular baxtni deyarli unutib qoyishadi. Xursandchilikni kamdan kam his qilishadi. Ular xursandchilikni bayramlarda, bazmlarda ikki qadax aroq ichib, rohat qilish deb hisoblashadi. Yo'q bu xursandchilik, baxt emas. Bu shunchaki chanqagan daraxtni suvlagandek gap. Suvlagandayam toza suv emas, shayton suvi bilan. 

Baxtni his qilish uchun bir shisha aroqni ichib olib, ko'chada sudralib, oshna-og'aynlar bilan shatalog' otish kerak emas. Shunchaki vujudingizni erkin qoying. U istagan narsasini bering. O'ynayotgan bolalar yoniga borib bir pas kuzating. Ularga qo'shilib o'ynang. Ana keyin ko'rasiz haqiqiy baxt qayerda-yu, sog'lik nega yomonlashganini.

  • Shu o'rinda Bernard Shouning ajoyib bir nishonga urilgangapini keltirib o'tay:- "-Biz ulg'ayganimiz uchun o'yin-kulgudan voz kechmaymiz,o'yin-kulgudan voz kechganimiz uchun ulg'ayamiz."



  Yoshlikni his qiling. Yoshim ancha o'tib qolgan deb homush tortmang. o'zingizni erkin qoyib, chin ko'ngildan tabassum qiling, yo'q handon oting! Atrofdagilarni unuting. Cheklovlarni unuting. Hech bo'lmaganda shu handon otib kulganinggiz ham sizni navqiron va baxtli his qilishga undaydi. Tabassum qiling, g'amning huzur qilishiga yo'l qo'ymang.:-)

Популярные сообщения из этого блога

Ko'ngil daftari: Sizning yomg'iringiz bormi?

Abituriyentlikdan talabalik sari, yohud, "kumush" davrning "oltin" davrga aylanishi.

Hayot falsafasi.