Oyoq ostidagi qalb. Yohud, ko'z ostimizdagi muammolar.
- Galgi maqolam sizga juda ochiqlanma yozilgandek tuyulishi mumkin. Lekin turmushdagi muammolarimizni qog'ozga o'rashdan naf yo'q. Muammolarimizni ochiqchasiga muhokama qilsak. muammo mohiyati barchamizga ayon bo'lishi osonlashadi. . .
O'zbegimni zab nishonga urilgan maqol-u, matallari bor-da! "Er-xotin qo'sh ho'kiz" - er va xotin birgalashib, yelkama-yelka turib ro'zg'or omochini tortishi. Menimcha, bu maqol shunaqa talqin qilinadi. Keksa nuroniy otaxon va onaxonlarimiz, bizlarga yoshlikdan takidlashadi: Ro'zg'or - bu g'or, uni to'ldirish er-xotin zimmasida. U bo'shayveradi sen to'ldiraverasan! Oila shu tariqa davom etadi. Keksalarimiz bergan ta'rif anchayin xaqli.
"Ro'zning g'ori" ni to'ldirish ba'zi oilalarda, er, ba'zi oilalarda esa er-xotin zimmasiga barobar yuklangan bo'ladi. Shunday oilalar ham bo'ladiki, ro'zg'or tashvishi xotin zimmasiga tushgan. Bunday oilalarda er o'z "lavozimi"dan har sabablarga ko'ra paslagan bo'ladi. Natijada er (ba'zi) oilalarda o'z xurmatini yo'qotgan bo'ladi
Galgi maqolamda, o'zbek oilasidagi er-xotin munosabatlariga ba'zi chizgilar keltirishga urunib ko'raman.
Keling bu mavzuga to'g'ridan-to'g'ri emas, boshidan ya'ni o'smirlik hayotidan boshlaymiz. Oilada tug'ulib voyaga yetar ekanmiz tashvishlarimiz ko'paya boshlaydi. Yigirma yoshga yaqinlashar ekanmiz, o'ylarimiz ko'payadi - o'qish, shaxsiy extiyoj uchun pul topish va nihoyat oila qurish. Uylanish(turmushga chiqish) arafasida atrofimizdagi oila qurgan "aqllilar" tafsiyalar bera boshlashadi. Gohida shunday gaplar aytadi-ki, oila qurishdan ham qo'rqib qolasan kishi!
Hozir zomonim yoshlar ajoyib yo'lga o'tib olishgan - bir necha qiz bilan gaplash, davringni surib qol(bu haqda keyingi postlarda gaplashamiz, bu alohida mavzu). Ko'chada bir chiroyli qizni ko'rib qoladi. Uni izidan borib gapiradi, gapi 3 daqiqaga bormaydi - telefon raqamini so'rash bilan boshlanib shu bilan yakunlanadi. U yigit uchun qizni qalbi ahamiyatsiz. Ko''p hollarda asosiy maqsad hirsiy jo'shqinlikni qondirish. Shu o'rinda kech oila qurishni bir salbiy tomonini takidlab o'tay - o'smirda jinsiy faollik 12-14 yoshdan boshlanadi. O'smir boshqa jins vakiliga muxtojlik sezadi. Bu albatta tabiiy jarayon. Qarabsizki nikohsiz munosabatlar keskin tus oladi. Qizlardan iffat yiroqlaydi. Yigitlar nosog'lom muhitga kirib qoladi. Shu o'rinda o'tmishga qaytib, Boburiylar va Temuriylar sulololasiga bir nazar solaylik. Tarixdan ma'lumki, bu sulololalarda o'rtacha turmush yoshi 13-17 yoshlar oralig'i bo'lgan. Sizga bunda biror mantiq sezildimi?! Xulosalash o'zingizga havola!
Mavzuga qaytsak. U qiz hayollar bog'ida sayr qilib, osmonlarda uchadi, bilmaydiki yigit "ishini bitirgandan keyin" uni "удалитъ" qilib yuborishini. Yana " - Bu haqiqiy erkakni ishi" deb ham qoyishadi. Eng achinarlisi necha-necha qizlarni nomusiga tegib, uylanishga kelganda pokiza qizni axtarib boshlashadi. Yana HAQIQIY ERKAKmish. Ha mayli!
Axtaradi, topadi ham - yoniga borib dabdurusdan uylanish haqida gap ochadi. Yana bechora "qalb" oyoq ostida. Bir amallab uylanadi ham. Agar kelishib ketolsaku yaxshi. Agar kelisholmasa, boya aytgan qo'sh ho'kiz janjali boshlanadi. Chunki bir-birini o'rganmagan qalb va aql mos kelmay qoladi. O'rtada ota-ona sarson, amallab yarashtirishadi. Bir birida ko'ngil yo'q juftlikning hayoti na mehr, na sevgi bilan o'tadi.
Bu jarayon hozirgi kunda shunday tus olganki, odamlar uchun bu jarayon oddiy hol! Turmushning past-u balandi deb bilishadi. Er-xotin rasmiy munosabatda bo'la boshlashadi. Huddikim ular oilani bir yelkasiga yuklangan xo'rjindek to umrlarini oxirigacha ko'tarib yurishadi, ko'nib yashashadi. O'rtada farzandli ham bo'lishadi. Endi tasavvur qiling - u farzan ota-onadagi munosabatni ko'rib ulg'ayadi. Farzandda ham shunday fikr uyg'onadi - demak oila muhiti shunday bo'lar ekan. Qarabsizki, yana bir "baxtsiz oila" boshlig'i tayyor.
Yana o'sha "yulduzi yulduziga to'g'ri kelmagan" er-xotinlarga qaytsak. Xotindan iliqlik sezmagan er ko'chaga yo'rg'alay boshlaydi. Hozir-ku "yo'rg'alash" uchun ko'chaga chiqish ham shart emas, smartfonimizni qo'lga olsak kifoya! Er internetdan "xotin" izlaydi. 😐Negaki u, qalbiga yaqin ayol bilan birga bo'lishni hohlaydi. O'z xotinidan ilib ulgurmagan ko'ngil sovuy boshlaydi. Oilada nosog'lom muhit boshlanadi. Bu farzandlarga ham ta'sir qilmay qolmaydi.
Yaqinda bir ish bilan "Kompyuter xizmatlari" servisiga kirgandim. U yerda yoshi kattaroq qiz kompyuterda qiziqchi Zokir Ochildiyevning konsert dasturini ko'rib o'tirgan ekan. Men ko'rgan lavhalarni taxminiy yozaman - " - Shu xotinlar biz erkaklarni telefoniga tegmasa-da! Janjal chiqishini bilib, telefonimizni kovlashadi - ey! Bechora erkak qo'rqqanidan telefonini quchog'lab yotadi. Shu payt "vizv" kelib qolsa tasavvur qiling-a. Telefonni "vibiratsiya"si ishlab ketib, bechora erkak qaltiray boshlaydi. Xotin hayron - a dadasi isitma qilyapsizmi(a o'zbegimni sodda ayoli!)? Erkak: - Yo'q hozir o'tib ketadi, ikkita gudok qoldi."
Shu lavhani o'sha qiz ko'z uzmay tomosha qilib o'tirdi. U uchun bu muhit oddiy bir holdek tuyulgan, nazarimda. Agar men o'sha xonada bo'lmaganimda, handon otib kulishi aniq edi.
Qiziqchilarimizga tasanno! Maishiy muammolarimizni, yumur asosida tanqid qilishyapti(deb umid qilamiz). Asosiy muammo, xalq buni to'g'ri qabul qila olishida.
Bularga asosiy sabab, biz yuqorida takidlagan "yulduzi yulduziga to'g'ri kelmaslikdan". Qalban moslashmagan er-xotinda bir-biriga nisbatan mehr ham bo'lmaydi. Ba'zida erning xotinga g'amxo'rliklari mehrdek tuyulishi mumkin. Yo'q bu mehr emas, burch hayoli. Er xotiniga g'amxo'rlik qilish, bolalari, oila oldidagi burchi deb biladi. "Burch" bilan "mehr"ni farqlay olsak kerak?!
Mehr yo'qligidan ba'zida to'shaklar ham alohida bo'lib qoladi. Er iloji boricha xotinni kamroq eshitishga harakat qiladi. Er uchun "hayot" uydan chiqib ketgandan keyin boshlanadigandek tuyuladi. Tabiiyki ishga, ko'chaga shoshiladi. Ishdan kech qaytadi. Keyin yana o'sha xotin bechora xovotirda . . .
"Har xil jinoyatlarga qo'l urayotgan yoshlar", " Har xil diniy oqimlarga kirib ketayotgan yoshlar" - bu kabi gaplar hozirgi kunda qulog'imiz ostida har kuni, kerak bo'lsa har soatda yangramoqda. Buni oldini olishni ota-onalarga yuklashadi. Ularni nazorat qiling. Telefonini tekshiring. Ko'cha ko'yda qadamini tekshiring. Bundan naf bo'lyaptimi(bo'lsa bordir)? Daraxt shoxini parvarishlab, uni to'g'ri o'sishga majburlagan bilan naf sezilarli darajada bo'lmaydi. Daraxt qiyshiq ildiz otganmi, shoxni to'g'irlash besamar. Avvalom bor ildizga e'tibor berish kerak. Oilada nosog'lom muhut avj olgandan keyin, farzandlarning manashunaqa eg\ri yo'llarga kirib ketishi tabiiy hol. Chunki u oilada farzand ruhiy eziladi va narmal voyaga yetmaydi. Hayotiy immuniteti puch bo'lib qoladi.
O'zbekistonda oila, mahalla juda katta ahamiyatga ega. Bu ikki atamani, davlat fundamenti desak ham bo'ladi. Bunday ayanchli natijalarni - yoshlarimizning turli oqimlarga kirib ketmasligi uchun faqat yoshlar bilan emas, kattalar, ota-onalar bilan ham ishlash kerak. Ularga oila saboqlarini uqdirish kerak. Zero, sog'lom ildizli daraxtning mevasi ham sog'lom bo'ladi!
O'zbekistonda oila, mahalla juda katta ahamiyatga ega. Bu ikki atamani, davlat fundamenti desak ham bo'ladi. Bunday ayanchli natijalarni - yoshlarimizning turli oqimlarga kirib ketmasligi uchun faqat yoshlar bilan emas, kattalar, ota-onalar bilan ham ishlash kerak. Ularga oila saboqlarini uqdirish kerak. Zero, sog'lom ildizli daraxtning mevasi ham sog'lom bo'ladi!

Комментарии
Отправить комментарий